» » Samarqand viloyati hokimi Xitoydagi iqtisodiy forumda chiqish qildi

Samarqand viloyati hokimi Xitoydagi iqtisodiy forumda chiqish qildi


Samarqand delegatsiyasi Xitoyga tashrifi dasturi doirasida Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida o‘tkazilayotgan “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik forumida ishtirok etdi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ma’lum qildi.

12 ta davlat rasmiy vakillari va 400 nafarga yaqin ishbilarmon ishtirok etayotgan mazkur forumda Samarqand viloyati investitsiya, savdo-eksport va turizm salohiyati yoritib berildi. Samarqand haqidagi ma’ruza va taqdimot forum ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi.

Delegatsiya a’zolari xorijiy kompaniya vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

Delegatsiya endi o‘z faoliyatini Shandun provinsiyasining Szinan, Shouguan va Sindao shaharlarida davom ettiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют