» » Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasida rekord o‘rnatishda davom etmoqda

Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasida rekord o‘rnatishda davom etmoqda


10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finalining birinchi uchrashuvida “Yuventus” yetakchisi Krishtianu Ronaldu “Ayaks” darvozasiga gol urdi (1:1).

Bu uning ushbu musobaqada 161 ta bellashuvdagi 125-goli bo‘ldi. Mazkur natija Chempionlar Ligasi tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Bundan tashqari portugaliyalik musobaqaning 1/4 finallaridagi o‘zining 24-goliga mualliflik qildi va bu ko‘rsatkichda ham u yaqqol yetakchilik qilmoqda. U chorak final doirasidagi so‘nggi 12 ta uchrashuvda 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu borada uning eng yaqin ta’qibchisi “Barselona” hujumchisi Lionel Messi hamda “Real” sobiq hujumchisi Raul Gonsales hisoblanadi. Ularning hisobida 10 tadan gol mavjud. Ta’kidlash joiz, Messi ushbu bosqichda 6 yildan buyon gol ura olmayapti.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют