» » Shavkat Mirziyoyev BAA hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev BAA hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi


Shavkat Mirziyoyev 11-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari mamlakatda bo‘lib turgan nufuzli delegatsiyani samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning izchil rivojlanib borayotganiga yuksak baho berdi.

Joriy yil mart oyida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishda yangi bosqichni boshlab bergani qayd etildi.

Suhbat davomida davlat tashkilotlari, ilmiy markazlar, yetakchi kompaniya va korxonalar, bank-moliya institutlari darajasida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Birlashgan Arab Amirliklarining davlat boshqaruvi va innovatsion rivojlanish sohasidagi ilg‘or tajribani joriy etishda o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatlar ekspertlari hamkorligida ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Vazir samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda BAA prezidenti shayx Xalifa bin Zayd Ol Nahayon, Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zayd Ol Nahayon va BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muhammad al-Qarqoviy O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatining mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют