» » Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi


UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvlari yakuniga ko‘ra haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilayotgan 4 nafar futbolchini ma’lum qildi.

Quyida Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilayotgan 4 nafar futbolchi keltirilgan:

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Minning “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda urgan yagona goli “shporlar”ga g‘alaba keltirdi (1:0).

“Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino “Portu” bilan kechgan bahsda bitta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.

“Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yong “Yuventus” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 91 foiz aniq pas berdi (1:1).

“Barselona” himoyachisi Jerar Pike esa “Manchester Yunayted”ga qarshi bellashuvda o‘z jarima maydonidan to‘pni 10 marta olib chiqdi va 94 foiz aniq uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют