» » WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda hibsga olindi

WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda hibsga olindi


London politsiyasi WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjni qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, bugun, 11-aprel kuni 47 yoshli Julian Assanj Ekvadorning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida poytaxt politsiyasi xodimlari tomonidan hibsga olingan.

Ta’kidlanishicha, Ekvadorning Londondagi elchixonasida bo‘lib turgan Assanjga diplomatik boshpana taqdim etish so‘rovnomasi bo‘yicha rad javobi berish haqida qaror qabul qilingandan so‘ng politsiya xodimlari taklif qilingan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml Assanjning huquqlariga rioya qilinishiga umid qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Assanj AQShning Afg‘oniston va Iroqda olib borgan harbiy operatsiyalari va Guantanamo lagerida saqlash sharoitlari haqida qator ma’lumotlarni e’lon qilganidan so‘ng tanilgan edi.

Shvetsiya huquqni saqlash organlari bir necha yil oldin Assanj ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Assanjning o‘zi ushbu ayblov yolg‘on, bu ish faqat uni qamoqqa olish uchun qilinganligini aytib, bir necha yildan buyon Londondagi Ekvador elchixonasida, siyosiy boshpana berilgan shaxs sifatida yashab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют