» » Yevropa Ligasi. “Arsenal” o‘z maydonida “Napoli”ni yengdi, “Chelsi”da ham g‘alaba (video)

Yevropa Ligasi. “Arsenal” o‘z maydonida “Napoli”ni yengdi, “Chelsi”da ham g‘alaba (video)


11-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bosqichning markaziy bellashuvida Unai Emeri boshliq Londonning “Arsenal” klubi o‘z maydonida Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” bilan o‘ynadi.

Bellashuvning 15-daqiqasida Aaron Remzi Aleks Meret darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib neapolliklar himoyachisi Kalidu Kulibali avtogol muallifiga aylandi (2:0). Shu tariqa “to‘pchilar” 1/4 finalning ilk o‘yinida “Napoli”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu kuni Londonning boshqa bir jamoasi “Chelsi” Chexiyaning “Slaviya Praga” klubi maydoniga safar qildi.

O‘yindagi yagona gol 86-daqiqada londonliklar himoyachisi Markos Alonso tomonidan kiritildi va “aristokratlar” mehmonda kechgan bahsda “Slaviya Praga”ni kichik hisobda yutdi (1:0).

Eslatib o‘tamiz, javob uchrashuvlari 19-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasi

1/4 final bahslari

11-aprel, payshanba

Gollar: 1:0 — 15 Remzi, 2:0 — 25, avtogol, Kulibali

Gollar: 0:1 — 6 Gedesh, 1:1 — 36, penalti, Kasorla, 1:2 — 90 Vass, 1:3 — 90+3 Gedesh

Gollar: 1:0 — 21, Feliks, 1:1 — 40 Yovich, 2:1 — 43 Feliks, 3:1 — 50 Diash, 4:1 — 54 Feliks, 4:2 — 72 Pasiensia

Gol: 0:1 — 86 Markos Alonso

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют