» » Fransiyalik temurshunoslar Samarqandga keldi

Fransiyalik temurshunoslar Samarqandga keldi


Fransiyadagi Temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasi tashkil topganligining 30 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan xalqaro tadbir ishtirokchilari Samarqandga keldi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar qiladi.

Mehmonlar Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov boshchiligidagi jamoatchilik a’zolari tomonidan tantanali kutib olindi.

Amir Temur va temuriylar davrini o‘rgangan fransiyalik olimlar, yozuvchilar, jurnalistlar va teatr vakillaridan iborat 30 nafar delegatsiya a’zolari dastlab Sohibqiron maqbarasini ziyorat qildi.

Shuningdek, mehmonlar shahar tarixida o‘ziga xos o‘rin tutgan Samarqand qog‘ozi haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun “Konigil meros” qog‘oz ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi. Maskanda Samarqand qog‘ozining tayyorlanish jarayoni mehmonlarga taqdim etilar ekan, Amir Temur davrida qog‘oz ishlab chiqarish sanoati hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgani, hududda 40 dan ziyod qog‘ozgarlik ustaxonalari faoliyat yuritgani haqida so‘zlab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют