» » Moliya vazirligi yilning birinchi choragida 70 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlarni aniqladi

Moliya vazirligi yilning birinchi choragida 70 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlarni aniqladi


2019 yil 1-choragida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 1993 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 70,2 milliard so‘m miqdorida budjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi (2018-yil birinchi choragida 30 milliard so‘m bo‘lgan).

Nazorat tadbirlarida aniqlangan 23,4 milliard so‘m budjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, shuningdek, maqsadsiz va asossiz xarajatlardan 19 milliard so‘mi budjetga tiklanishi ta’minlandi.

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida kameral nazoratdan keng foydalanildi.

Kameral nazorat o‘tkazilgan muassasalardan 205 tasida me’yoriy hujjatlarga amal qilmagan holda 8 milliard o‘mlik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, nazorat tadbiri davomida asossiz va noo‘rin xarajatlardan 1,3 milliard so‘mi tiklanishi ta’minlandi. 2,7 milliard so‘m asossiz sarflanishining oldi olindi hamda nazorat tadbirlarida aniqlangan 5,6 milliard so‘m qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 92 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari va topshiriqlariga asosan 164 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, aniqlangan 18,9 milliard so‘m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzilish holatlari bo‘yicha nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют