» » AQShda Trampning 2005-yilgi soliqlar bo‘yicha ma’lumotlari e’lon qilindi

AQShda Trampning 2005-yilgi soliqlar bo‘yicha ma’lumotlari e’lon qilindi


AQSh prezidenti Donald Tramp 2005-yilda 150 million dollardan ortiq daromad uchun 38 million dollar miqdorida soliq to‘lagan. Bu haqda Oq uy MSNBC’ning telekanal qo‘lida ikki sahifali soliq hisoboti borligi haqidagi xabarga javoban ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.

MSNBC telekanali e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp 25 foizlik stavka bo‘yicha soliq to‘lagan. Oq uy o‘z bayonotida Tramp, firma rahbari sifatida, “qonun bo‘yicha talab etiladigan miqdordagidan ko‘p bo‘lmagan soliq to‘lash” majburiyatiga ega ekanligini aytdi.

Tramp federal soliq hajmini kamaytirish uchun, 100 million dollarni zarar sifatida hisobdan chiqarib tashlagan. Oq uy aniqlik kiritishicha, Tramp “qurilish uchun keng ko‘lamli amortizatsiya”ni hisobga kiritgan.

Oq uy telekanalni federal soliq deklaratsiyalarini ruxsatsiz e’lon qilishni taqiqlovchi qonunni buzganlikda aybladi, ammo telekanal bunday huquqni unga so‘z erkinligini kafolatlaydigan AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan Birinchi tuzatish berishini aytdi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют