Qudratillo Abduqahhorov WBC reytingida yuqoriladi
Professional boksning WBC yo‘nalishi mart oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi, deb xabar berdi GoSport.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik faqatgina ikki nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi.
Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) reytingda 5-o‘rindan bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 11-o‘rinlarni egallab turibdi.
Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Azizbek Abdug‘ofurov (12 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) esa o‘z o‘rnida qolgan (5-o‘rin).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz