» » Toshkent shahar IIBB yangi YHQ bo‘yicha jarimalar qachon qo‘llanilishi haqida alohida axborot beradi

Toshkent shahar IIBB yangi YHQ bo‘yicha jarimalar qachon qo‘llanilishi haqida alohida axborot beradi


Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati qoidalarining yangi bandlari bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun jarimalarni qo‘llash sanasi haqida rasman e’lon qiladi. Bu haqda IIBBning boshlig‘ining jamoat tartibini qo‘riqlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizxon Umarxonov shanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Vazirlar Mahkamasining 9 apreldagi qarori bilan YHQga bir qator muhim o‘zgarishlar kiritilgan edi. Jumladan, aylanma harakatli chorrahalarda harakatlanayotgan avtomobillarga ustunlik berildi. Shuningdek, transport vositalari kunduz kuni harakatlanayotganda yaqinni yoritish chiroqlari yoki tumanga qarshi chiroqlarni yoqib yurish majburiyligi belgilandi. O‘zgarishlar hujjat rasman e’lon qilingan 10 apreldan kuchga kirdi. Biroq o‘zgarishlar haqidagi rejalar oldindan ma’lum qilinmagani sababli aholi uchun kutilmagan holat bo‘ldi.

“IIVga boshqa vazirlik va idoralar bilan bir oy muddatda avval qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning yangi qarorga muvofiqlashtirish topshirildi… Normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiluvchi o‘zgarishlardan ular qabul qilingandan so‘ng xabardor bo‘lasiz. Bir oy davomida faqat tayyorgarlik ko‘riladi, jarimalar qo‘llanilmaydi”, — dedi IIBB vakili.

“Asosiy vazifa — jazolash emas, qoidabuzarliklardan ogohlantirish”, — deya ta’kidladi Azizxon Umarxonov. IIV va Toshkent IIBB OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholini xabardor qilish kampaniyasini boshlab yubordi.

Azizxon Umarxonov kunduzgi chiroqlardan foydalanish masalasi bo‘yicha davlat standartlari ishlab chiqilayotgani va bunda mahalliy sharoitlar va mutaxassislarning fikrlari inobatga olinishini ma’lum qildi.

Xorijiy tajribaning ko‘rsatishicha, kunduzgi chiroqlardan foydalanish hattoki kunning yorug‘ vaqtlarida ham avtomobillarning ko‘rinish darajasini oshirib, yo‘l-transport hodisalari sonining kamayishiga xizmat qiladi.

Toshkent shahar va viloyat hokimlariga ayrim yo‘l uchastkalarida harakat tezligini (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish) pasaytirishga vakolati berilayotganini izohlar ekan, IIBB boshliq o‘rinbosari hokimiyat uchun takliflarni tayyorlash boshlanganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют