» » Jurnalist Julian Assanj Britaniyaning eng xavfli jinoyatchilari saqlanadigan qamoqxonasiga keltirildi

Jurnalist Julian Assanj Britaniyaning eng xavfli jinoyatchilari saqlanadigan qamoqxonasiga keltirildi


WikiLeaks asoschisi, Avstraliya va Ekvador internet-jurnalisti va teleboshlovchisi Julian Assanj Britaniyadagi eng xavfli jinoyatchilar qamaladigan Belmarsh qamog‘iga olib kelindi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Mahbuslarning orasida terrorizmda ayblanganlari ham bor.

Bloomberg nashrining xabar berishicha, qamoqxonada Assanjga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. O‘tgan 7 yil davomida Ekvador elchixonasida saqlangan jurnalistga bunday xizmat ko‘rsatilmagan edi.

Dipmissiya paytida u derazasiz, faqatgina karavot, stol va yugurish yo‘lakchasi bo‘lgan tor xonada yashagan.

Yaqin kunlarda Ekvador WikiLeaks asoschisini Britaniya hukumati ixtiyoriga topshirgan edi. Endi u AQShga ekstraditsiya qilinib, kompyuterni buzib kirishda ayblanishi mumkin. U besh yilga qamaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют