» » Facebook aksiyadorlari Sukerbergning iste’fosini talab qildi

Facebook aksiyadorlari Sukerbergning iste’fosini talab qildi


Facebook’ning bir guruh aksiyadorlari ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerbergning kompaniya boshqaruvi raisi lavozimidan ketishini talab qildi. Aksiyadorlar murojaati AQSh Qimmatli qog‘olar bo‘yicha komissiyasi saytida e’lon qilindi, deya xabar beradi Meduza.

Murojaatda ta’kidlanishicha, Sukerberg ovoz berish huquqini ta’minlovchi aksiyalarning taxminan 60 foiziga egalik qilmoqda, bu esa unga kompaniya siyosatini amalda yakka o‘zi nazorat qilish imkonini bermoqda.

Murojaatni imzolagan aksiyadorlarning fikricha, aynan mustaqil boshqaruvning yo‘qligi ortidan Facebook ma’lumotlarning Cambridge Analytica’ga sizib chiqib ketishi, AQShdagi saylovlarga Rossiyaning aralashuvi va feyk yangiliklar tarqatilishi kabi mojarolarga o‘ralashib qoldi.

Aksiyadorlar guruhi mustaqil boshqaruv raisini tayinlash masalasini kompaniyaning 30-may kuniga belgilangan navbatdagi yillik yig‘ilishida muhokama etishni taklif qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют