» » Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashev mag‘lub etgan raqibga qarshi jang qiladi

Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashev mag‘lub etgan raqibga qarshi jang qiladi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov (7 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

G‘oibnazarov joriy yilning 11-may sanasida AQShning Arizona shtatida joylashgan Convention Center saroyida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida jang qiladi. Unga amerikalik Maykl Foks (19 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 5 ta nokaut) raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Foks so‘nggi marta fevral oyida o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Shohjahon Ergashevga qarshi ringga chiqib, o‘zining ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov so‘nggi marta 18-yanvar kuni 8 raundlik jangda Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyani (14 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 9 ta nokaut) muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют