» » Pol Pogba faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda

Pol Pogba faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda


13-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 34-turida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba “Vest Hem” darvozasini ikki bor penaltidan ishg‘ol qildi (2:1).

26 yoshli xavbek joriy mavsum Premyer liga doirasida “gol+pas” tizimida 22 ochko (13+9) to‘pladi.

Shu bilan birga Pogba ushbu ko‘rsatkichda shaxsiy rekordini o‘rnatdi.

Avvalroq fransiyalik o‘zining eng yaxshi natijasini 2015/16-yilgi mavsumda A Seriyada “Yuventus” tarkibida qayd etgandi. O‘shanda futbolchi “gol+pas” tizimida 20 ochko jamg‘argandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют