» » GM Uzbekistan Rossiyadagi zavod bilan Ravon avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi

GM Uzbekistan Rossiyadagi zavod bilan Ravon avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi


GM Uzbekistan Rossiyadagi Derways zavodi bilan uning quvvatlaridan foydalangan holda Ravon avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

“Rossiya zavodida avtomobillar yig‘ish masalasi hamkorlikning ma’qullanishi jarayonida. Uzil-kesil qaror qabul qilingan taqdirda bu haqda rasman ma’lum qilinadi”, — deya ta’kidlagan kompaniya vakillari.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya OAVlari 2018-yil may oyida ushbu davlatga eksportni to‘xtatgan GM Uzbekistan Derways zavodida avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Ma’lumot uchun, Cherkess shahrida joylashgan Derways kompaniyasiga 2004-yilda asos solingan bo‘lib, asosan Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют