» » WikiLeaks asoschisi Ekvador elchixonasini “josuslik markazi”ga aylantirishga urunishda ayblandi

WikiLeaks asoschisi Ekvador elchixonasini “josuslik markazi”ga aylantirishga urunishda ayblandi


WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Ekvador elchixonasini “josuslik markazi” sifatida ishlatishga harakat qilgan, deya xabar beradi “The Guardian”.

Ekvador prezidenti Lenin Moreno Londondagi diplomatik vakolatxonada kelgusida boshpana berishdan voz kechish haqidagi qarorni uning oilasi haqidagi tarmoqqa sizib chiqqan hujjatlar bilan bog‘liqligini inkor etgan.

Shu bilan birga, Ekvador elchixonasidan hech kimga boshqa mamlakatlar ishlariga aralashishiga ruxsat berilmaganligini va “eshiklarini ochgan uy josuslik markazi”ga aylanganini ta’kidlagan.

Moreno Assanjning siyosiy boshpana berish shartlarini bir necha bor buzganligini ta’kidlagan. “Bizning qarorimiz o‘zboshimchalik emas, xalqaro huquqqa asoslangan”, — deydi prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют