» » Farg‘onada MIBga ishga kiritib qo‘yish evaziga 300 dollar pora olgan mehnat inspektoriga jazo tayinlandi

Farg‘onada MIBga ishga kiritib qo‘yish evaziga 300 dollar pora olgan mehnat inspektoriga jazo tayinlandi


Rishton tumanida yashovchi, So‘x tumani bandlikka ko‘maklashish markazi Davlat mehnat huquqi inspektori bo‘lib ishlayotgan, muqaddam bir necha bor sudlangan R.S. yana firibgarlik, ya’ni aldash va pora berishga dalolat qilish jinoyatini sodir etdi.

2018-yil iyul oyida R.S. M.E. bilan Farg‘ona shahridagi istirohat bog‘ida tanishib qolgan. O‘zaro suhbat davomida M.E. farzandini Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosiga ishga kirishi uchun hujjat tayyorlayotganligini aytadi. R.S. viloyat majburiy ijro byurosida boshliq bo‘lib ishlayotgan tanishi borligi, o‘g‘lining ishini tezlashtirib, hal qilib berishi mumkinligini bildiradi. 300 dollar evaziga bir oy ichida ishga joylashtirib qo‘yishini aytadi.

2018-yilning 12-iyul kuni M.E. R.S.ga telefon qilib, 300 dollarni Rishton tumanida yashovchi opasidan berib yuborishini aytadi. Belgilangan vaqtda uchrashuv joyi – Rishton tumani avtoshohbekati orqa tomonida R.S. porani qo‘lga kiritadi. Ammo hech qancha vaqt o‘tmay huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

U o‘z aybiga iqror bo‘lib, M.E.ni aldab, o‘g‘lini tanishlari orqali ishga olib kirib qo‘yish uchun 300 dollar miqdorida pul olib qarzlariga to‘lamoqchi bo‘lgani, qilmishidan pushaymonligini aytib, yengillik berishni so‘rab ko‘rsatma berdi.

R.S.ning qilmishi jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan eng kam oylik ish haqining 60 baravari miqdorida, ya’ni 10 million 334 ming 400 so‘m jarima jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют