» » Avtomobil chiroqlarini kunduzi yoqib yurish O‘zbekiston iqlimiga to‘g‘ri keladimi?

Avtomobil chiroqlarini kunduzi yoqib yurish O‘zbekiston iqlimiga to‘g‘ri keladimi?


IIV YHXBB mutasaddilari milliy matbuot markazida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ushbu savolga javob qaytardi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Endilikda kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart etib belgilandi. Ushbu yangi qoida aholi tomonidan ko‘pgina norozilik va bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Odamlar yozning issiq kunlarida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlansa, avtomobil motori qizib ketishi va yong‘in chiqishi mumkinligi aytishmoqda. Xususan, qo‘shni Qozog‘iston davlatining janubiy qismi — Chimkent shahrida ham avtomobillarning shu sababdan yonib ketishi kuzatilgani aytilmoqda.

“Chiroqlarni kunduzi ham yoqib harakatlanish piyodalarda hushyorlikni oshiradi. Xorijda bu tajriba 10-15 foizga yo‘l transport hodisalari va piyodalarni urib yuborish xavfini kamaytirgan. Iqlimning chiroqlarni yoqib yurishga salbiy ta’siri yo‘q. Agar avtomobil texnik nosoz bo‘lmasa, uning motori qizib ketishi kuzatilmaydi. Bu kabi salbiy holatlar eski avtomobillarda uchrashi mumkin. Qo‘shni Qozog‘istonda ham aynan eski avtomobillarda yonish holati kuzatilgan. Texnik ko‘rikdan o‘tgan avtomobilda muammolar bo‘lmaydi”, deya javob berdi boshqarma matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют