» » Toshkentning 3 tumanida 18—19-aprel kunlari gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning 3 tumanida 18—19-aprel kunlari gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


Toshkentdagi gaz ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim aholi hududlari va maishiy obyektlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan manzilgohlar ro‘yxati, sanasi va vaqti:

18-aprel kuni soat 10.00 dan 19.00 gacha Yashnabod tumani “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 30 ta yakka tartibdagi xonadonda;

18-aprel kuni soat 11.00 dan 18.00 gacha Sergeli tumani 5 A mavzesidagi 47 ta ko‘p qavatli uyda;

19-aprel kuni soat 9.00dan 20.00gacha Chilonzor tumanidagi “Do‘mbirobod”, “Katta Do‘mbirobod” va “Tirsakobod” mahallalari hamda Gavhar ko‘chasidagi xonadonlar va maishiy-kommunal obyektlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali keltiriladigan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют