» » Xorazmda bir guruh ko‘cha zo‘ravonlari sudlandi

Xorazmda bir guruh ko‘cha zo‘ravonlari sudlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati Hazorasp tuman sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida bir guruh bo‘lib, hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudi raisi Akbar Aminov xabar berdi.

Ish holatlariga ko‘ra, M. I., R. B. va K. A. (ism-sharifi o‘zgartirilgan) lar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, tungi soat 24:30 larda K. A. ni boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinada Hazorasp shaharchasi, “G‘afur G‘ulom” ko‘chasidan o‘tgan yo‘lda D. J. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinani siqib, yo‘l chekkasiga chiqarib yuborgan. Siqib chiqarilgan mashina haydovchisi nima sababdan yo‘l chekkasiga siqib chiqarganlik sababini so‘rab, janjallashib turganida, M. I. avtomashinadan tushib, D. J. ni ko‘kragiga qo‘li bilan bir musht urib, yelkasidan oshirib, yerga yiqitgan paytda, K. A. va R. B. lar D. J. ni yuz, bosh, ko‘z sohalariga oyog‘i bilan bir-necha marotaba tepib, unga qasddan hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi M. I. ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “k” bandi bilan JKning 104-moddasi 2-qismi “k” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi, sudlanuvchi R. B. ga JKning 104-moddasi 2-qismi “k” bandi bilan JKning 104-moddasi 2-qismi “k” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 3 yil ozodlikni cheklash jazosi va sudlanuvchi K. A. ga JKning 104-moddasi 2-qismi “k” bandi bilan, JKning 57-moddasini qo‘llab, 3 yil-u 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют