» » Liviyada qurbonlar soni 189 kishiga yetdi

Liviyada qurbonlar soni 189 kishiga yetdi


Liviyadagi jangari harakatlar qurbonlari soni 189 kishiga yetdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, jangari harakatlar tufayli 189 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari 816 kishi jarohatlangan.

Xabarda aytilishicha, Tripoli tumanida tezkor yordam guruhi mavjud.

Avvalroq, qurbonlar soni 147 kishiga yetgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Liviyada marshall Xalifa Xaftar qo‘mondonligidagi mamlakat milliy armiyasi hamda Fayz Saraj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati kuchlari to‘qnashgan.

4-aprel kuni Xaftar shaharga yurish boshlanganini e’lon qilgan, 7-aprelda esa Liviya hukumati kuchlari Xaftar qo‘shiniga qarshi harakat boshlanganligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют