» » IIV navbatchilik qismlari yordamida 2 mingga yaqin jinoyat fosh etildi

IIV navbatchilik qismlari yordamida 2 mingga yaqin jinoyat fosh etildi


Navbatchilik qismiga yangi innovatsion texnologiyalar joriy etilgani jinoyatlarni tezkor fosh etishda yordam bermoqda, deb yozadi IIV matbuot xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, navbatchilik qismlariga jinoyat va hodisalar sodir bo‘lgan joylarga xodimlar zudlik bilan yetib borishi uchun 330 xizmat avtomashinasi ajratilgan.

“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida insonning tashqi qiyofasini tezkorlik bilan aniqlovchi va boshqa innovatsion videokuzatuv kameralarini o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, “Yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim” loyihasi asosida shaharlar markaziy chorrahalari, gavjum jamoat joylarida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan.

“Joriy yilning o‘tgan davrida navbatchilik qismlari xodimlarining sa’y-harakati natijasida ikki mingga yaqin jinoyat tezlik bilan fosh etildi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют