» » Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi


Botirjon Hamidov Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Botirjon Hamidov 1978-yilda Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2005-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha ingliz filologiyasi, huquqshunoslik mutaxassisliklariga ega.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Andijon viloyati Izboskan tumani davlat soliq inspeksiyasi Xavfsizlik va soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha katta inspektori lavozimidan boshlagan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Botirjon Hamidov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida Soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют