» » O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalaridagi kasb-hunar ta’limi muassasalari kasb-hunarga o‘rgatish markazlariga aylantirildi

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalaridagi kasb-hunar ta’limi muassasalari kasb-hunarga o‘rgatish markazlariga aylantirildi


Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Bugungi kunda jazoni ijro etish muassasalarida 6 ta idoraviy umumta’lim maktabi va maktablarning filiallari faoliyat yuritmoqda.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati IIB Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi tarbiya koloniyasining 5-maktabi Zangiota tumani 35-maktabi bilan birlashtirildi. Koloniyada mazkur maktabning filiali tashkil etildi.

Shuningdek, Kasb-hunar ta’limi markazining jazoni ijro etish muassasalari hududidagi 4 ta kasb-hunar ta’limi muassasalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib kasb-hunarga o‘rgatish markazlariga aylantirildi. Markazlar mahkumlarga sifatli bilim beradi va mehnat bozorida talab etiladigan kasblarga tayyorlaydi.

2019/2021-o‘quv yilidan mahkumlarni o‘qitish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar joriy etiladi hamda bu bo‘yicha harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют