» » Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi tadbirkorlar do‘konini buzib, mulkdorlarga yetkazilgan zararni qoplamayapti

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi tadbirkorlar do‘konini buzib, mulkdorlarga yetkazilgan zararni qoplamayapti


“Daryo” tahririyatiga Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Bobur” mahallasida yashovchi Abdurazzoq Karakulov tomonidan murojaat kelib tushdi.

Uning gapiga qaraganda, “2018-yil aprel oyida tuman hokimi Ziyodulla Davlatovning topshirig‘iga asosan, tuman hokimi o‘rinbosari Javli Shopo‘latov va tuman prokurori Islom Xo‘jamurodovlar murojaatchi savdo qilib turgan Kakaydi qo‘rg‘oni markazida joylashgan tijorat do‘koni va dehqon bozorini “Bu yerda jome masjidi quriladi”, — deb zo‘rovonlik bilan buzdirib tashlagan.

— Do‘konim buzilgandan so‘ng ko‘p murojaatlar qildim, lekin inobatga olinmadi. Keyin O‘zbekiston savdo sanoat palatasi Surxondaryo boshqarmasi orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudiga da’vo kiritdim. Da’voda meni ishim Qo‘mqurg‘on tuman prokurori, Jarqo‘rg‘on tumani arxitektorlari va hokimlik yuristi ishtirokida ko‘rilib, mening foydamga hal qilindi. Jarqo‘rg‘on hokimligidan yetkazilgan zarar uchun 27 843 191 so‘m miqdorida kompensatsiya puli undirilishi aytildi. Yurist agar hokimlik balansida pul yetarli bo‘lmagan taqdirda ham, viloyat hokimligidan olib berishini va’da berdi. Oradan qancha vaqt o‘tdi. Ammo va’da va’daligicha qoldi,” — deydi tadbirkor biz bilan suhbatda.

Darhaqiqat, bizdagi hujjatlarga qaraganda, 2019-yil 21-yanvarda fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudida da’vogar A.Karakulovning ko‘chmas mulki deb tan olingan yer uchaskasining olib qo‘yilishi va yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya undirishini so‘ragan. Lekin javobgar Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi ishonchli vakili B.Jurayev sud majlisida da’voni tan olmasdan, Surxondaryo viloyat hokimining 2018-yil 7-apreldagi hamda tuman hokimining 2018-yil 9-apreldagi qarorlari ko‘ra, tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlari xatlovdan o‘tkazilgan, ammo da’vogarga tegishli bino buzilishi bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan qaror chiqarilmaganligi hamda tuman hokimining 2018-yildagi 1-dekabrdagi Q-2309-sonli qarori bilan da’vogar A.Karakulovga savdo do‘koni qurilishi uchun tumanning “Neftchilar” mahallasi hududidan 70,0 kv.km yer maydoni ajratilganligini bildirib, da’voni rad qilishini so‘ragan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2019-yilning 21-yanvarda chiqarilgan hal qiluv qarori ko‘ra, Abdurazzoq Karakulovning da‘vo arizasi qanoatlantirilib, hisobiga javobgar tuman hokimligi hisobidan 27 843 191 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi va 1 113 727 so‘m miqdorida davlat boji undirilishi aytilgan.

— “Tinmay murojaat qilaverganimdan so‘ng, markaz tashqarisidan menga quruq yer berdi, ammo joyning ham o‘ziga yarasha to‘lovlari bor ekan. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i tashkiloti ruxsat bermagunicha yer meniki hisoblanmas ekan. Shuning uchun borib u yerda hech narsa qilolmayman. Yer mening nomimga rasman o‘tkazilgan taqdirda ham yana u yerda do‘kon qurishim uchun pul kerak. Tuman hokimi esa sud qarorini tan olmay, kompensatsiya pulimni bermayapti. Har safar hokimlikka borganimda erta-indin degan javobni eshitaman.

Uyda olti farzandim bilan ishsiz qolganman. Qayerga borishni, nima qilishni bilmayapman. Bu yoqda “Mikrokredit” bankdan 20 million so‘m kredit olgandim. Har oyda foizini so‘rab uyimga kelishadi. Tezroq o‘z ishimni boshlamasam bo‘lmaydi. Hatto, Majburiy ijro byurosi ham pullarimni hokimdan undirib berolmayapti.

Bundan tashqari, men kabi 26 ta tadbirkorning ham do‘koni buzilgan. Sudlashganim uchun hokimlikdan menga quruq yer bo‘lsa ham berildi, lekin ular hech narsasiz qolishdi. Sud bojini to‘lay olmasligi uchun ular sudga berisholmayapti. Yuqorida ismi keltirilgan rahbarlarni deb yuzlab odamlar ishsiz bo‘lib, qora qozoni qaynamay qoldi, tumanimiz hokimi Z.Davlatov bizdan nima xohlayapti hech bilolmayapmiz”, — deydi murojaatida A.Karakulov.

Tadbirkor A.Karakulovning sud qarorida belgilangan 27 843 191 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi tuman hokimligidan qachon undirib beriladi?

Bu borada mutasaddilardan tegishli javobni kutib qolamiz.

“Daryo” bu mavzuga yana qaytadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют