» » Davlat soliq organlari tizimida yangi rahbarlar tayinlandi

Davlat soliq organlari tizimida yangi rahbarlar tayinlandi


Jasur Mashrapov Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Jasur Mashrapov 1989-yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligiga ega.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Andijon viloyati Buloqboshi tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish sho‘basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida Soliq majburiyatlarining hisobini yuritish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi.

Botirjon Hamidov Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Botirjon Hamidov 1978-yilda Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan.

1999-yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2005-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha ingliz filologiyasi, huquqshunoslik mutaxassisliklariga ega.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Andijon viloyati Izboskan tumani davlat soliq inspeksiyasi Xavfsizlik va soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha katta inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida Soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Akbar Olmosov Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Akbar Olmosov 1982-yilda Samarqand viloyatining Tayloq tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda Samarqand davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Samarqand viloyati Tayloq tumani davlat soliq inspeksiyasi Nazorat sho‘basi davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют