» » Farg‘onada 2 ta bibliobus – avtobus ichidagi ko‘chma kutubxona ish boshladi

Farg‘onada 2 ta bibliobus – avtobus ichidagi ko‘chma kutubxona ish boshladi


Farg‘onada Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida 2 ta bibliobus – avtobus ichidagi ko‘chma kutubxona ish boshladi. Mazkur bibliobuslar viloyatning tog‘li va uzoq hududlarida kitobxonlarga kutubxona va savdo xizmati ko‘rsatadi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bibliobuslarning har biriga 1500 donadan badiiy va ilmiy-ma’rifiy kitoblar joylashtirilgan. Viloyat axborot-kutubxona markazining Ferghana bookland QR-kodli elektron kitoblar tablosi o‘rnatilgan. Bibliobusda bepul Wi-Fi tarmog‘i bo‘lib, foydalanuvchilar elektron kitoblarni o‘z mobil qurilmalariga bepul yuklab olishi mumkin.

Bibliobuslar dastlab Yozyovon tumanining “Xonobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 13-, 14-, 15-maktablar va mahalla guzarlari, shuningdek, Quvasoy shahridagi “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kitobxonlarga bepul xizmat ko‘rsatdi. 105 nafar yoshlar bibliobus – ko‘chma kutubxonaning ilk a’zolari bo‘ldi. Ularga o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari 15 kun muddatga foydalanish uchun berildi.

17-aprel kuni bibliobuslar Dang‘ara, Beshariq, O‘zbekiston va Uchko‘prik tumanlaridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘ldi. 483 nafar yoshlar ko‘chma kutubxona a’zoligiga qabul qilindi. Ularga o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlaridan 495 tasi 15 kun muddatga foydalanish uchun berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют