» » O‘zbekistonda 2019-yilning birinchi choragida naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 milliontani tashkil etdi

O‘zbekistonda 2019-yilning birinchi choragida naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 milliontani tashkil etdi


Yagona umumrespublika protsessing markazining (YAUPM) statistik ma’lumotlariga binoan, 2019-yilning 1-chorak natijalari qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha stabil o‘sishni namoyon etdi, deb xabar berdi Uzcard matbuot xizmati.

Joriy yilning 1-choragida elektron kommersiya orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 73,8 millionni tashkil etib, 2018-yilning o‘tgan 4-choragida belgilangan 72,1 millonlik holatiga nisbatan 1,69 million so‘m farq bilan 2,3% lik o‘sishni qayd etdi.

2019-yilning 1-choragida elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 2 516 316 million so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018-yilning 4-choragida qayd etilgan 2 017 000 million so‘mga nisbatan 499,3 milliard so‘m farq bilan 24,8% lik o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 1-choragida POS-terminallar orqali amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar soni 131,9 milliontani, miqdorda esa 15 166 740 million so‘mni tashkil etdi.

Ushbu chorakda ATM (bankomat) qurilmalari orqali o‘tkazilgan naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 milliontani, miqdori esa 5 939 327 million so‘mni tashkil etgani belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют