» » Mun Chje In Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

Mun Chje In Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi


Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib, O‘zbekiston – Koreya hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning yorqin ramzi bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universiteti 2014-yili tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati mamlakatda IT texnologiyalarini rivojlantirish, Koreya Respublikasining bu sohadagi yetakchi salohiyatini O‘zbekistonda tatbiq etishdan iborat.

Bugungi kunda bu yerda kompyuter va dasturiy injeniring hamda logistika yo‘nalishlari bo‘yicha 1 ming 300 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. 2018-yili universitetni tugatgan birinchi 100 nafar bitiruvchining aksariyati mamlakatdagi nufuzli kompaniya va tashkilotlarda faoliyat yuritmoqda. Qolgan qismi Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning yetakchi universitetlarida magistraturada o‘qishni davom ettirmoqda.

Oliy ta’lim muassasasida o‘quv jarayoni xalqaro standartlar asosida, Janubiy Koreyadagi Inha universitetining boy tajribasi asosida tashkil etilgan. Universitetning strategik rivojlantirish rejasi doirasida yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini ochish, ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, xalqaro ilmiy grantlarda ishtirok etish hamda koreyalik hamkorlar bilan birga raqamli kutubxona yaratish orqali ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Prezident Mun Chje In bu yerda O‘zbekiston – Koreya hamkorligidagi telemeditsina loyiha bilan tanishar ekan, masofadan turib bemorlarni davolashda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur yo‘nalish mamlakatlar hamkorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz hamkorligini barcha sohalar qatori tibbiyot sohasida rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning sog‘liqni saqlash tizimi litsenziyalari tan olingan, shifokorlarimiz bu yerda samarali faoliyat olib bormoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, raqamli tibbiyot sohasida Janubiy Koreyaning imkoniyatlari va O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishga katta qiziqishi tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqlarimizning hayot sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Mamlakatlarimiz to‘rtinchi sanoat inqilobi davrida strategik sheriklar sifatida hamkorlik qiladi, – dedi Mun Chje In.

Prezident Koreya hukumatining ushbu loyihada faol ishtirok etishini qayd etib, yangi yo‘nalish mamlakatlarning tibbiyot sohasidagi hamkorligini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Mazkur tashrif doirasida Koreya Respublikasi Savdo-sanoat va energetika vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida raqamli tibbiyot to‘g‘risida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, Digital Health Care teletibbiyot loyihasi amalga oshiriladi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad Koreya tajribasini qo‘llagan holda, O‘zbekistonda raqamli tibbiyotni rivojlantirishdir. Bunda telekommunikatsiya aloqalari orqali masofadan turib tibbiy maslahatlar beriladi. Loyiha Koreyaning OPR jamg‘armasi (official development assistance ODA) ko‘magida moliyalashtirilmoqda.

Loyiha Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkentdagi Inha universiteti va Janubiy Koreyadagi Inha universiteti gospitali, Hanjin Information Systems & Telecommunication Co., Ltd, U-SHIN C & C Co., Ltd., HeSel Co., Ltd. kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют