» » Guliston shahrida “O‘qituvchi” brendi ostidagi birinchi Bookcafe qurib bitkazildi (foto)

Guliston shahrida “O‘qituvchi” brendi ostidagi birinchi Bookcafe qurib bitkazildi (foto)


Guliston shahrida “O‘qituvchi” brendi ostidagi birinchi Bookcafe qurib bitkazildi, deb ma’lum qildi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Komil Allamjonov.

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishida davlat rahbari beshta muhim tashabbusni taklif qilgan edi. Ana shu tashabbus doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Guliston shahrida “O‘qituvchi” brendi ostidagi birinchi Bookcafe qurib bitkazildi. Ushbu majmua bir oyda minglab kitobxonga xizmat ko‘rsatishi mumkin, deyiladi xabarda.

Endilikda bu yerda o‘quvchilar, talabalar va barcha kitobxonlar o‘zlariga yoqqan kitobni tanlab o‘qishi va xarid qilishi mumkin.

Agentlik tizimidagi nashriyotlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri, arzon narxlarda olib kelingan 10 mingdan ortiq badiiy adabiyot va boshqa kitoblar kitobxonlarimizga manzur keladi, degan umiddamiz.

5 ta tashabbus doirasidagi ushbu loyihani yurtimizning har bir hududida amalga oshiramiz. Mehnatkash Sirdaryo xalqiga esa yana bir ma’rifat o‘chog‘i muborak bo‘lsin, deymiz, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют