» » VarshavaToshkent togridan togri aviareysi yolga qoyilishi mumkin

VarshavaToshkent togridan togri aviareysi yolga qoyilishi mumkin


Ayni vaqtda Ozbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi delegatsiyasi Polshada bolib, vatandoshlar ishtirokida tashkil etilgan qoshma tadbirlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda OzA xabar qiladi.

Ular Polshaning yirik turizm kompaniyalaridan Rainbow, Itaka vakillari va Varshava turizm uyi prezidenti Andjey Shimanskiy bilan ham uchrashib, Ozbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning turizm salohiyati va imkoniyatlari xususida muloqot otkazdi.

Polshaning yirik turizm kompaniyalari Ozbekistonda sayyohlikni rivojlantirish yuzasidan oz takliflarini bildirdi. Ozbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun doimiy ravishda (24 soat) ishlaydigan chegara punktlari haqida malumotlarni kopaytirish, Ozbekistonga borayotgan polshalik sayyohlar soni ortayotganligini inobatga olib, Varshava va Toshkent shaharlari ortasida togridan togri aviareyslarni yolga qoyish shular sirasidandir.

Varshava shahrida Ozbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi va Ozbekistonning Polshadagi elchixonasi hamkorligida bu diyor aholisi uchunOzbekiston sayyohlik imkoniyati borasida taqdimot ham otkazildi.

Yurtimizning oziga xos jihatlari, olis tarixi va bir-biridan qadimiy shaharlari, Samarqand, Xiva, Buxoro, Termiz, Fargona vodiysining sayyohlik imkoniyatlariga bagishlangan video taqdimot ularga manzur boldi. Ozbekistonda viza tartibini soddalashtirish borasidagi yangiliklar ham ularni quvontirdi. Tadbir ishtirokchilariga milliy mahsulotlarimiz tadim etildi. Ularning yurtimizga kelish, tarixiy va gastronomik imkoniyatlarimizni korishga bolgan qiziqishi oshgani yuz-kozida aks etib turgan edi, deydi qomita vakili Sherzod Sultonov.

Uchrashuvlar yakunida Polshaning Umummilliy turizm palatasi vakillari Ozbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolashga tayyor ekanligini malum qildi. Eng muhimi esa, Polshada 150 ta filiali mavjud bolgan Rainbow turizm kompaniyasi bilan Ozbekistonda yangi turizm yonalishlarni organish va ishlab chiqish uchun info-tur tashkil etishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-04-2019, 05:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

:
20 ... -