» » Zelenskiy prezident qarorgohini bolalarga berib yubormoqchi

Zelenskiy prezident qarorgohini bolalarga berib yubormoqchi


Ukraina prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy saylovlarda g‘alaba qozonsa prezident qarorgohini bolalarga berishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Zelenskiy  bunday qarorgohlarni kerak emas deb hisoblaydi va ularga nari borsa katta qirollar yashagan joy sifatida ekskursiya uchun kirish mumkin xolos.

“Yaxshisi bunday qarorgohlarda bolalar yashasin”, — degan u.

Zelenskiy, shuningdek, o‘zi harakatlanayotgan vaqtda yo‘llarni yopib qo‘ymasligi va hamma qatori mashinalar tirbandligida turishini aytgan.

Bundan tashqari, u pezident samolyotlarini sotib yuborishi, o‘zi esa samolyot reyslarida uchishiga umid bildirgan.

“Naqd uchta samolyot. Menga qolsa sotib yuborish kerak. Hech bo‘lmasa ikkitasini sotsa bo‘lar? Uchtasini nima keragi bor, kim uchadi ularda?” — degan Zelenskiy.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют