» » Yevropa Ligasining barcha yarim finalchilari ma’lum bo‘ldi

Yevropa Ligasining barcha yarim finalchilari ma’lum bo‘ldi


18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/4 finalining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” klubi o‘z maydonida Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubi bilan jang qildi.

Bellashuvning 36-daqiqasida “to‘pchilar” hujumchisi Aleksandr Lyakazett tomonidan urilgan gol londonliklarga g‘alaba keltirdi (1:0). “Arsenal” jamoasi “Napoli”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning yarim finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu kuni Londonning boshqa bir jamoasi “Chelsi” o‘z uyida Chexiyaning “Slaviya Praga” klubini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq London klubi hujumchisi Pedro Rodriges hisobni ochgan bo‘lsa, 9-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Simon Deli o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (2:0). 17-daqiqada fransiyalik futbolchi Olivye Jiru jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:0). 26-daqiqada esa pragaliklar yarim himoyachisi Tomash Souchek hisobni qisqartirdi (3:1). Oradan bir daqiqa o‘tib Pedro Rodriges dublga erishdi (4:1).

2-bo‘limning 51 va 54-daqiqalarida mehmon jamoa hujumchisi Pyotr Shevchik dublga erishdi (4:3). Shu tariqa “aristokratlar” o‘z uyida kechgan bahsda Praganing “Slaviya” jamoasini bazo‘r yutdi. Ikki oyin natijasiga ko‘ra londonliklar Praga klubi ustidan 5:3 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqaning yarim finaliga chiqdi.

Yevropa Ligasi

1/4 final bahslari

18-aprel, payshanba

Gol: 0:1 — 36 Lyakazett

Gollar: 1:0 — 13 Lato, 2:0 — 54 Parexo

Gollar: 1:0 — 36 Kostich, 2:0 — 67 Rode

Gollar: 1:0 — 5 Pedro, 2:0 — 9, avtogol, Deli, 3:0 — 17 Jiru, 3:1 — Souchek, 4:1 — 27 Pedro, 4:2 — 51Chevchik, 4:3 — 54 Shevchik

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют