» » Toshkentning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


22-aprel soat 9:00 dan 23-aprelgacha bir sutka davomida Toshkent shahridagi ichimlik suvi tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ayrim aholi hududlari va maishiy-kommunal obyektlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Chilonzor tumanida:

— Chilonzor 1 dahasida;

— Chilonzor 2 dahasida;

— Chilonzor 3 dahasida;

— Muqimiy ko‘chasi va tor ko‘chalarida;

— Chilonzor ko‘chasi va tor ko‘chalarida;

— Naqqoshlik ko‘chasi va tor ko‘chalarida;

— Maysazor ko‘chasida;

— Oltingul ko‘chasida;

— Usmur 1-tor ko‘chasida;

— Arnasoy ko‘chasida;

— Farhod ko‘chasida;

— Yo‘ldosh A’zamov ko‘chasida;

— “Chilonzor” mahallasida;

— “Katta Qozirobod” mahallasida;

— “Do‘mbirobod” mahallasida.

Yakkasaroy tumanida:

— “Yakkasaroy” mahallasida;

— “To‘qimachi” mahallasida;

— Muqimiy mahallasida;

— “Rakat” mahallasida;

— Usmon Nosir mahallasida;

— “Muhandislar” mahallasida;

— Janubiy vokzalda;

— To‘qimachilik kombinatida;

— Kichik avtomobil xalqa yo‘lining Sh.Rustaveli 2-tor ko‘chasiga tutash joyidan Janubiy vokzalgacha bo‘lgan qismida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют