» » Xiva dehqon bozorida dollarni noqonuniy olib-sotgan fuqaro jazolandi

Xiva dehqon bozorida dollarni noqonuniy olib-sotgan fuqaro jazolandi


1975-yilda Xorazm viloyatining Xiva shahrida tug‘ilgan O‘ktam (ismi o‘zgartirilgan) ismli fuqaro ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, yengil daromad topish yo‘liga o‘tib, valyuta qimmatliklarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan. Bu haqda Xorazm viloyati ma’muriy sudi “Daryo”ga xabar berdi.

Xususan, Shokir ismli fuqaroning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbirda, O‘ktamning Xiva shahridagi “Xiva dehqon bozori” hududida Shokirdan 200 dollarni noqonuniy ravishda olib, unga 1 670 000 so‘m pulni berayotgan vaqtida ushlangan.

O‘ktamga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 170-moddasi bilan to‘plangan materiallar Xiva shahar ma’muriy sudida ko‘rib chiqilib, ashyoviy dalil tariqasida olingan pullar davlat egaligiga o‘tkazilib, O‘ktamga nisbatan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Xiva shahar ma’muriy sudi raisi T. Yusupov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 170-moddasi (Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) sanksiyasi O‘zbekistonning 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishga asosan og‘irlashtirilib, endilikda valyuta boyliklarini musodara qilib, o‘n besh sutkaga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют