» » Bundesliga. “Bavariya” bugun “Verder”ni qabul qiladi, “Borussiya D” esa ertaga “Frayburg” maydoniga safar qiladi

Bundesliga. “Bavariya” bugun “Verder”ni qabul qiladi, “Borussiya D” esa ertaga “Frayburg” maydoniga safar qiladi


20-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 30-tur bahslariga start beriladi.

Turning dastlabki uchrashuvida Niko Kovach boshliq Myunxenning “Bavariya” klubi “Alyans Arena”da “Verder”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “qizillar” 29-turda safarda kechgan o‘yinda “Fortuna Dyusseldorf”ni yirik hisobda yutgandi (4:1).

21-aprel, yakshanba kuni musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” jamoasi mehmonda “Frayburg”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 18:30 da boshlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, dortmundliklar avvalgi turda “Mayns”ni Jeydon Sanchoning dubli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (2:1).

Bundesliga

30-tur bahslari

20-aprel, shanba

21-aprel, yakshanba

22-aprel, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют