» » Andijon mashinasozlik instituti 60 ming dollar miqdoridagi xalqaro grant g‘olibi bo‘ldi

Andijon mashinasozlik instituti 60 ming dollar miqdoridagi xalqaro grant g‘olibi bo‘ldi


Andijon mashinasozlik institutining “O‘zbekistonda “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” mavzusidagi loyihasi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Akademik innovatsiyalar fondi Granti tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan joy egalladi. Bu haqda instituti matbuot xizmati rahbari Xayrullo Vasiyev “Daryo”ga xabar bermoqda.

Institut rektori O‘ktam Salomovning aytishicha, loyihaning umumiy miqdori 60 ming AQSh dollarini tashkil etadi va u Jahon banki tomonidan “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida moliyalashtiriladi.

Loyihani amalga oshirish ishlari joriy yilning mart oyidan “Mexatronika va robototexnika” yo‘nalishi bo‘yicha jahonning yetakchi Oliy ta’lim muassasalari va GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati hamkorligida boshlab yuborilgan bo‘lib, davomiyligi 16 oy muddatga belgilangan. Loyiha koordinatori etib “Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri, dotsent Y.Qurbonov, ishchi guruh tarkibiga institut pedagoglari J.Raxmatullayev, O.Parpiyev va F.Dumaxonovlar kiritilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda zamonaviy texnologik muammolarni (sanoat 4.0) hal qila oladigan yangi avlod muhandislarini innovatsion ta’lim asosida tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va modernizatsiya qilishdan iborat.

Loyiha davomida Sankt-Peterburg politexnika va Shimoliy Xitoy texnologiyalar universitetlarida institut professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarini yaratish, yaqin istiqboldagi sohalarni rivojlanishini inobatga olgan holda “Forsayt - mexatronika” markazini yaratish, ayol tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, veb-sayt yaratish kabi ishlarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют