» » Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlanganlarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlanganlarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi


Qozog‘istonning Jambil viloyati Qorday tumanidagi “Toshkent—Olma-ota” trassasining 181-kilometrida 20-aprel shanba kuni mahalliy vaqt bilan tonggi soat 05:09 da 49 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Van Hool rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani haqida avval xabar berilgan edi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 11 kishi halok bo‘lgan. Ularning uch nafari O‘zbekiston fuqarolaridir:

32 nafar kishi turli darajadagi tan jarohati olgan, ularning 13 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. “Jarohatlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda”, — deyiladi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Daryo”ga taqdim etilgan so‘nggi axborotida.

Barcha jabrlanganlar Qorday tuman kasalxonasiga yetkazilgan. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi xodimlari zudlik voqea joyiga bilan yetib kelgan. O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan hamkorlikda barcha zarur harakatlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra favqulodda vaziyatlar, tashqi ishlar, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar vakillaridan iborat hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya a’zolari jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilishini tashkil qilish va YTH sabablarini o‘rganish maqsadida voqea joyiga yetib keldi. Hukumat komissiyasiga Qozog‘iston tomoni bilan kelishilgan holda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni Vatanga olib kelish, ularning oilalariga zarur yordam ko‘rsatishni tashkil etish vazifasi topshirildi”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют