» » Namanganda Hyundai Motor Uz Namangan qo‘shma korxonasi qurilishi boshlandi

Namanganda Hyundai Motor Uz Namangan qo‘shma korxonasi qurilishi boshlandi


To‘raqo‘rg‘onda tijorat avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Hyundai Motor Uz Namangan O‘zbekiston—Koreya qo‘shma korxonasi qurilish ishlarini boshlanishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Marosimda Janubiy Koreya ishbilarmonlari, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Evergreen Motors kompaniyasi prezidenti Kim Chang Keon ramziy tugmachani bosishi bilan korxonaga asos solinishi sanasi va boshqa muhim ma’lumotlar solingan kapsula inshoot poydevori qo‘yiladigan joydan o‘rin oldi.

Ushbu loyihaga 2019—2021-yillar davomida 200 million dollar miqdorida investitsiya kiritiladi. Keyingi 4 yil davomida mahalliylashtirish darajasi 45 foizga yetkaziladi.

Avtozavod 2020-yilning birinchi choragidan ilk mahsulotlarini chiqara boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют