» » Turkiya harbiy delegatsiyasi xalqaro mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi

Turkiya harbiy delegatsiyasi xalqaro mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi


Turkiyalik harbiylar 20-aprel kuni Toshkent aeroportida kutib olindi, deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. Ular shu yerning o‘zidan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga yo‘l oldi.

22—27-aprel kunlari “Forish” poligonida O‘zbekiston—Pokiston—Turkiya hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 20-aprel oqshomida Pokiston harbiy delegatsiyasi ham Toshkentga uchib kelishi kutilayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют