» » Osiyo chempionati. Rayhona Qodirova nepallik bokschini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi

Osiyo chempionati. Rayhona Qodirova nepallik bokschini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi


21-aprel, yakshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi so‘nggi jang bo‘lib o‘tdi.

-60 kg vazn toifasida ayollar o‘rtasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Rayhona Qodirova nepallik Punam Ravalga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa Rayhona musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avvalroq Hasanboy Do‘stmatov, Bobousmon Boturov, Dilshod Ro‘zmatov va Shukurjon Rahimov ham o‘z janglarini o‘tkazib g‘alaba qozongandi. Ayollar o‘rtasida esa Farangiz Hoshimova mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan erta xayrlashdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют