» » O‘zbekiston ilk bor Tank biatloni xalqaro musobaqasida ishtirok etadi

O‘zbekiston ilk bor Tank biatloni xalqaro musobaqasida ishtirok etadi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari birinchi marta 2019-yilda Xalqaro armiya o‘yinlari (ArMI-2019) doirasida o‘tkaziladigan eng nufuzli musobaqa – “Tank biatloni”da ishtirok etadi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlash kerakki, Tank biatloni O‘zbekistonda 2018-yildan e’tiboran ommalasha boshladi. O‘tgan yili Tank biatlonini o‘tkazish uchun xalqaro standartlarga mos bo‘lgan maydon Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” poligonida bunyod etilib, 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi miqyosida birinchi musobaqa tashkil etilgan edi.

O‘tgan yilgi IV Xalqaro armiya o‘yinlarining Tank biatloni yo‘nalishida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda 4 ta tank ekipaji (3 tasi asosiy va 1 tasi zaxira) bilan Rossiyada o‘tkaziladigan ushbu musobaqada bahslashadi.

Tank biatloni – tank ekipajlari o‘rtasida tankni boshqarish va unga o‘rnatilgan asosiy hamda zaxira qurollaridan mo‘ljalga aniq otish bo‘yicha amaliy musobaqa hisoblanadi. U Xalqaro armiya o‘yinlari (ArMI) dasturiga kiritilgan bo‘lib, eng nufuzli musobaqa hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, beshinchi marta o‘tkazilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlari Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘uliston hamda birinchi bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston o‘z hududida ArMI-2019 ning Harbiy-tibbiy estafeta yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalarga mezbonlik qiladi. Tashkilotchilar tomonidan mazkur nufuzli musobaqalarda 6 ming nafardan ziyod ishtirokchilar bo‘lishi kutilmoqda. Xalqaro armiya o‘yinlari shu yilning 3—17-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yilning fevral-mart oylarida “Chirchiq” poligonida o‘tkazilgan saralash bosqichida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘rtasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan 4 ta tank ekipaji (tank komandiri, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik haydovchi) tanlab olindi. Hozirgi vaqtda ular Markaziy harbiy okrugining “Forish” poligonida yakka tartibda poyga va estafeta turlari bo‘yicha T-72 tanklarida intensiv amaliy tayyorgarlikdan o‘tyapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют