» » O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda muzokaralar o‘tkazdi


2019-yilning 16—17-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan AQShga keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida AQSh Savdo vaziri Uilbur Ross bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uilbur Rossning 2018-yilning oktabr oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilish jarayoni qayta ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Ikki tomonlama kun tartibining barcha sohalarida taraqqiyot kuzatilmoqda. Savdo va sarmoyaviy sohadagi hamkorlik alohida rivojlandi. O‘zbekiston bilan Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yilda deyarli ikki baravar ko‘paydi, qo‘shma korxonalar soni ortdi.

Uchrashuvda shuningdek, bir qator muhim qo‘shma tadbirlar, jumladan, 16—17-may kunlari Navoiydagi yirik biznes-forum, 18—20-iyun kunlari AQSh Savdo Vazirligining “sertifikatlangan savdo missiyasi” va 21—22-oktabrdagi yillik O‘zbekiston—Amerikaning biznes-forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va AQSh moliya vazirligining texnik yordam dasturlari doirasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi va Eksimbank va OPIC’dan imtiyozli kreditlarni qo‘llashda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, AQShning yangi tashkil etilgan Xalqaro moliya korporatsiyasiga ustuvor e’tibor beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют