» » Superliga. Ulugbek Baqoyevning Sogdiyonadagi debyuti omadli chiqdi, jizzaxliklar Metallurgni maglub etdi

Superliga. Ulugbek Baqoyevning Sogdiyonadagi debyuti omadli chiqdi, jizzaxliklar Metallurgni maglub etdi


21-aprel, yakshanba kuni futbol boyicha Ozbekiston Superligasi 5-turidan orin olgan songgi bellashuv bolib otdi.

Unda Jizzaxning Sogdiyona jamoasi oz uyida Bekobodning Metallurgini qabul qilib, 2:1 hisobida galaba qozondi. Mezbonlar safida Shohruz Norxonov hamda Elyor Orifov oz hisobiga bittadan gol yozdirib qoygan bolsa, mehmonlarning yagona javob goli Bahodir Pardayev hisobiga yozildi.

Shu tariqa yaqindagina Sergey Lushchan orniga jamoa bosh murabbiyiga aylangan Ulugbek Baqoyevning Sogdiyonadagi debyuti omadli chiqdi. Jizzaxliklar mazkur galabadan song ochkolari sonini 6 ochkoga yetkazib, 8-oringa kotarilib oldi. Metallurg esa 7 ochko bilan 5-oringa joylashdi.

Superliga

5-tur bahslari

21-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 25 Shohruz Norxonov, 2:0 64 Elyor Orifov, 2:1 76 Bahodir Pardayev.

Sogdiyona: Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov (Izzat Abdullayev, 46), Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboyev, 78), Oybek Nurmatov (Sahob Rashidov, 56), Shohruz Norxonov, Nikola Milinkovich, Shahboz Jorabekov.

Metallurg: Zafar Safoyev, Abbos Otaxonov, Bahrom Abdurahimov, Zohid Abdullayev (Bahodir Pardayev, 67), Muzaffar Muzaffarov (Islombek Isoqjonov, 56), Shavkat Mullajonov, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Andrey Shipilov, Akbar Ismatullayev, Sergey Tumasyan.

Ogohlantirishlar: Sergey Tumasyan 35, Sardor Qulmatov 36, Andrey Shipilov 68

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (21-04-2019, 21:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -