» » Hasanboy Do‘stmatov hindistonlik Amitga yana yutqazdi va Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi

Hasanboy Do‘stmatov hindistonlik Amitga yana yutqazdi va Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi


22-aprel, dushanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kunida navbatdagi janglar o‘tkazilmoqda.

-52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘stmatov chorak final jangida hindistonlik “eski tanishi” Amit Pangalga qarshi ringga chiqdi. Do‘stmatov hind bokschisiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Natijada Rio—2016 Olimpiadasi chempioni musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Qayd etish joiz, Hasanboy Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari finalida ham Amitga mag‘lub bo‘lgandi.

Avvalroq erkaklar o‘rtasida o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi Nodirjon Mirzaahmedov hamda Miraziz Mirzahalilov ham g‘alaba qozonib, kamida bronza medalni naqd qildi. Shuningdek, ayollar o‘rtasida Yodgoroy Mirzayeva va Shahnoza Yunusova ham raqiblarini mag‘lub etib, yarim finalga chiqqandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют