» » Bojxonachilar qariyb 3,5 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fosh etdi

Bojxonachilar qariyb 3,5 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fosh etdi


Bojxona xodimlari sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot anjomlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib bormoqda, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati.

Joriy yilning 20—21-aprel kunlari Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ana shu kabi yirik qonunbuzarlik holatlari fosh etildi. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.X. boshqaruvida bo‘lgan  Nexia rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali Navoiy viloyatiga olib kelingan 10,6 ming donadan ortiq dori vositalari va 64 dona elektr hisoblagichlar borligi aniqlandi.

Mazkur avtoulov bilan birgalikda Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan, fuqaro M.Q. boshqaruvidagi yana bir Nexia rusumli avtoulov ham tezkor kuzatuvga olindi. Avtomashinadagi yuklar Zangiota tumanidagi xonadonlardan biriga tushirilayotgan vaqtda, davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini ko‘rib qolgan shaxs darrov rulga o‘tirib, qochishga urindi.

Uning qochishga urinishi bekorga emas ekan. Ushbu yuklar tushirilayotgan xonadon ko‘zdan kechirilganda esa bu yerda hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1081 dona dori vositalari, 330 kg mis, 49 dona elektr hisoblagichlar  borligi aniqlandi.

Ushbu shaxs tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida ashyoviy dalillar bilan bojxonachilar tomonidan  qo‘lga olindi.

Uning boshqaruvidagi avtomashina ko‘zdan kechirilganida, avtomashinada hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 14 685 dona tibbiyot buyumlari va dori vositalari, alkogolli ichimliklar uchun mo‘ljallangan 400 ming dona qalbaki  aksiz markalari, 830 dona bolalar so‘rg‘ichi va 36 dona elektr hisoblagichlar borligi aniqlandi.

Yuqoridagi tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati taxminan 1,9 mlrd. so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy boyliklarning ichki hududda noqonuniy aylanishi oldi olindi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ham shu kabi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi. “Namangan—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan fuqaro X.G‘. boshqaruvidagi yuk avtoulovi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu yuk avtomashinasida fuqaro M.Yu. tomonidan olib ketilayotgan, muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan qiymati taxminan 1,5 mlrd. so‘mlik 11,7 ming donadan ortiq Herbalife brendiga tegishli kosmetika vositalari, biologik faol qo‘shimchalar va boshqa xo‘jalik mollari borligi aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan fosh etilgan bojxona qonunbuzilishi holatida esa “Saratov—Toshkent” xalqaro yo‘nalishidagi poyezd yo‘lovchisi, fuqaro X.O.ning qing‘ir qilmishlari fosh etildi. Ushbu shaxs  xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 75 mln.  so‘mlik 3000 dona “Ketgut” nomli jarrohlikda foydalaniladigan tibbiyot iplarini perronda noqonuniy tushirib qoldirayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Raqamlarga murojaat qilsak, 2019-yilning o‘tgan davri mobaynida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan 210 ta huquqbuzarlik holatida 9,5 mlrd. so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют