WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Qozog‘istonlik shoumen Nurlan Koyanbayev prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi
Qozog‘istonlik shoumen Nurlan Koyanbayev prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi
Qozog‘istonlik “KVN”chi va shoumen Nurlan Koyanbayev 9-iyun kuni mamlakat prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari saylovlarga uning nomzodi qo‘yilishi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi, deb yozadi “Nur.kz”.
Avvalroq OAVda Qozog‘istonning “KVN ittifoqi” respublika yoshlar jamoatchilik birlashmasi Nurlan Koyanbayevni saylovlarda nomzod sifatida ilgari surishga ariza bergani aytilgan edi.
“Bu ishonchsiz ma’lumot, feyk ekanligi aniq-ravshan. Kimdir bunga ishonishi mumkinligi umuman olganda g‘alati. Rasman ma’lum qilamanki, prezident saylovlarida o‘z nomzodimni surish bo‘yicha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rmaganman”, — dedi shoumen.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?