» » Yekaterinburgda halok bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlikning jasadi vataniga yuborildi

Yekaterinburgda halok bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlikning jasadi vataniga yuborildi


Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 2019-yil 17-aprel kuni yong‘in oqibatida vafot etgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vataniga yuborildi. Bu haqda O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Hatamov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq Rossiyaning Yekaterinburg shahrida xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi vafot etgani haqida xabar qilingan edi. Simlarning qisqa tutashuvi yong‘inga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Halok bo‘lgan fuqaro Yekaterinburgga 15-aprel kuni qurilish obektlaridan biriga ishga kirish uchun kelgan bo‘lgan.

Bosh konsul Abdusalom Hatamov O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi nomidan halok bo‘lganlarning ota-onalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Hatamov RIA Novostiga 1996- va 1998-yilda tug‘ilgan eng yosh vafot etganlarning jasadi vataniga yuborilganini ma’lum qilgan.

Fuqarolarning jasadlarini vatanga olib kelish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar mamlakat tomonidan qoplanadi.

Rossiya tergov qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilning 17-aprelga o‘tar kechasi Yekaterinburgdagi Proxojaya ko‘chasida joylashgan uy yerto‘lasida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf qilish chog‘ida 1989, 1995, 1996 va 1998-yillarda tug‘ilgan erkaklarning jasadi topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular yong‘in va gazdan zaharlanish oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют