» » Yaponlar dangasa talabalarni yoqtirmaydi. Kunchiqar mamlakatga o'qishga borib, hozirda yaponlarga dars berayotgan o'zbekistonlik yigit hikoyasi

Yaponlar dangasa talabalarni yoqtirmaydi. Kunchiqar mamlakatga o'qishga borib, hozirda yaponlarga dars berayotgan o'zbekistonlik yigit hikoyasi


Yaponiyatalim tizimi boyicha oziga xos yonalish yaratgan davlatlardan biri hisoblanadi. Kunchiqar mamlakatda talim olish tartibi qanday? Xorijlik talabalar uchunqanday imkoniyat, sharoit va imtiyozlar mavjud? Yaponiyagaoqishga bormoqchi bolgan talaba nimalar bilishi kerak? Bu haqida ozi Yaponiyada oqib, hozirda yaponlarga dars berayotgan dotsent ozbekistonlik Erkin Kurganov Daryoga batafsil gapirib berdi.

Erkin Kurganov 1987-yilda Namangan viloyati, Chortoq tumanida tugilgan. 2010-yilda Ozbekiston milliy universitetining biologiya fakultetini tamomlagan. Yaponiya Milliy fiziologiya institutida ilmiy ishlar olib borib, 2017-yilda PhD bosqichini muvaffaqiyatli tugatgan. Hozirda Kyoto texnologiya institutidadotsent (Assistent Professor) bosh miya va nerv sohasi boyicha talabalarga dars berib kelmoqda.

Yaponiya haqida ilk bor talaba bolgan kezlarim eshitganman. Osha paytlari iqtidorli talabalar uchun Sumitomo fondi tashkil etilgan edi. Mana shu fond sabab, Kunchiqar mamlakatga qiziqishim uygongan. Talabalik paytimda yonalish tanlashga qiynalganman lekin ustozlarim maslahati bilan biofizika yonalishini tanlaganman. Keyinchalik ustozim akademik Ravshan Sabirovning taklifi va qiziqtirishlari tufayli 2010-yil Yaponiyaga borib, u yerdagi ilm-fan bilan tanishganman. 20122017-yillar davomida Yaponiya milliy fiziologiya institutida PhD (Bu 5 yillik dastur bolib, 2 yil magistratura va 3 yil PhD) oqidim. Hozirda Kyoto texnologiya institutida bosh miya va nerv sohasi boyicha talabalarga dars ham beryapman.

Ozbekiston va Yaponiya: talim tizimi va farqli jihatlar

Talim tizimi Ozbekistonning eng ogriqli nuqtasi deb hisoblayman. Chunki Yaponiyada bir necha yillardan buyon oqib va shu sohada bir muddat ishlab tushundimki, yurtimizda talim tizimi va tibbiyot otgan davr mobaynida oz joyida qotib qolmagan, balki ortga ketgan desam adashmayman. Bu ortga ketish afsuski, maktabgacha talim muassasasidan boshlab, osha aspirantura va doktoranturagacha davom etgan.

Umuman olganda, Yaponiya va Ozbekiston talim tizimini taqqoslab bolmaydi. Sababi tafovut juda katta. Ozim misolimda aytadigan bolsam, Ozbekiston milliy universitetining biologiya fakultetidagi 4 yillik oqish davomida 60 ga yaqin fanlarni ozlashtirishga majbur bolganmiz. Biologiya sohasida oqiydigan talabalar uchun masalan, etika, estetika va yana bir necha gumanitar sohadagi fanlarni nima keragi bor deydigan odam bolmagan. Qizigi shundaki, hozir ham shu savolni beradigan odam yoq. Yana bir tomoni, bu talabalarni haqiqiy ilm bilan mustaqil shugullanish uchun vaqti yoq. Shuning uchun biz yaponlarning talim tizimidan juda kop narsalarni ozlashtirishimiz kerak. Bunda birinchi navbatda oqituvchilarni maktablarga saralab olishdan boshlab, to dars berish usuli, yondashuvi oliy talimdagi dars jarayonlari va ilmiy daraja olishdagi erkinliklarni aytib otishim mumkin.

Ozim hozirda faoliyat yuritayotgan dargohda talabalar asosan, boshlangich 2 yilda (bakalavrlar nazarda tutilyapti) nazariy va amaliy jihatdan bilimlarini mustahkamlab, shu 2 yil davomida fakultetni har bir kafedrasi bilan tanishishadi. Uchunchi bosqich 2-semestrdan boshlab esa ozlari ariza topshirgan kafedradagi laboratoriyalarga biriktirilib, keyingi 1,5 yil davomida bevosita oz ilmiy ishlari bilan mashgul boladi. Mana buni erkinlik, erkin fikrlashga va kelajakda mustaqil bolishga tayyorlov desa boladi.

Yapon talabalarini bir soz bilan tariflash qiyin. Yuqorida aytganimdek, dars berish jarayoni Ozbekistondagidan ancha farqli bolgani bois, talabalar ham shunga yarasha. Masalan, darsda talaba yonidagilarga halal bermagan holda uxlashi mumkin va oqituvchi bu uchun talabani jazolamaydi. Talabalar bilan professorlarni munosabati, bir-birlariga bolgan hurmati havas qilarli darajada. Professor oz laboratoriyasidagi talabalar bilan juda yaqin. Men ham talabalarim bilan ilmiy mavzularni keng muhokama qilamiz, bir-birimizni eshitamiz, ularni keng fikrlashini korib havasim keladi. Kopchilik talabalar dam olish kunlari vaqtinchalik ishlashi mumkin. Bu yerda uni baito (aslida arubaito) deyishadi. Bu talabalarga biroz bolsa ham moliyaviy mustaqillik beradi.

Yaponlar haqida anglaganlarim

Yaponlar ota muloyim xalq. Bazi urf-odatlari ozbeklarga oxshab ketadi. Tabiatdan barchasini boricha qabul qiladigan inson bolganim uchun konikib ketishim unchalik qiyin bolmagan. Menga ularning choy tayyorlash marosimi juda yoqadi. Har bir jarayonini erinmasdan bajarishadi. Ularni kuzatib turib, sabr degani shu bolsa kerak-da deyman ozimga ozim. Yana ularda insonlarning bir-biriga bolgan hurmati tahsinga sazovor. Eng asosiysi, yaponlar juda mehnatkash xalq. Ish soati tugashiga qaramay, kopchiligi tungacha ishlaydi. Men ham borganimdayoq, ulardan shu xislatni yuqtirib olganman.

Yaponlar ozi mehnatkash bolganidek, boshqalardan ham shu mehnatsevarlikni, izlanishni kutadi. Shuning uchun Yaponiyaga kelib, oqimoqchi bolgan talabalar oz sohasini sevadigan, ilmga chanqoq bolishlari kerak. Albatta, ingliz tilini bilishlari, qolaversa, yapon tilini ham ozlashtirishsa, kelajakda ozlari uchun faqat foydali boladi. Yaponlarga oz tillarida muloqot qilsangiz, ular sizni judayam hurmat qilishadi. Ustozim akademik Sabirov doim Chet elda oqishni va ishlashni xohlasangiz, oz sohangizni yoki chet tilini ozini bilishiz yetarli emas. Deylik, siz sohangiz boyicha yetuk olimsiz, til bilmasangiz oz goyalaringizni boshqalarga yetkazib bera olmasangiz natija nolga teng. Xuddi shunday chet tilini bilib, oz sohangizni bilmasangiz ham hech nimaga erisha olmaysiz. Ikkalasini ham teng olib borishga harakat qiling deb takidlardilar. Kelajakda Yaponiyaga kelib oqimoqchi bolgan yoshlarga ham shu sozlarga etibor berishlarini sorardim.

Mamlakatda talabalarga imkoniyatlar kop. Masalan, boshqa xorijiy malakatlardan farqli ravishda xuddi bizdagiday Yaponiyada universitetlarda stipendiya beriladi. Bundan tashqari Monbukagakusho, JASSO kabi nomdor davlat stipendiyalari, shuningdek, har bir viloyat (prefektura), xususiy korxona va tashkilotlarning ham alohida stipendiyalari bor. Aytmoqchi bolganim, haqiqiy oqiyman, izlanaman degan talaba uchun moliyaviy tomondan qollovchi imkoniyatlar yetarli.

Bundan tashqari, Yaponiyaga kelmoqchi bolgan yoshlarga birinchi navbatda punktual (oz vaqtida) bolishni maslahat beraman. Yaponiyada vaqtni qadrlashadi. Yaponiyada atigi 10 soniya kech qolgan yoki erta ketib qolgan poyezd uchun rasman uzr soralgan holatlarni kopchilik eshitgan yoki oqigan bolsa kerak. Qisqa qilib aytganda, tarib-intizomli, bilimli kadr jamiyatda oz ornini, albatta, topib ketadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-04-2019, 10:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
:
-
:
20 ... -